Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Allaqachon bir nechta mamlakatga tarqalib ulgurgan koronavirus tufayli Xitoyda ko’plab ommaviy tadbirlar to’xtatilgan. Jumladan, «Xitoycha Apple» ham o’zining navbatdagi flagmanlari – Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to’laqonli taqdimotini bekor qilgan.

 

Shu o’rinda haqli savol tug’iladi: AliExpress’dan va Xitoydagi boshqa onlayn savdo maydonchalaridan xarid qilingan tovarlarda, ularning qadoqlari va pochta o’ramlarida ham koronavirus tarqalishi xavfi bormi? «RIA Novosti» nashri bu masalada ekspertlar fikrlarini keltirgan.

Qisqacha qilib aytganda, Xitoydagi va boshqa mamlakatlardagi internet-do’konlardan xarid qilinadigan narsalar bilan koronavirus yetib kelishi ehtimoli yo’q. Chunki ushbu virus tashqi muhit ta’siriga chidamsiz bo’lib, organizmdan tashqarida bir necha soatgina jon saqlay oladi. AliExpress va boshqa onlayn do’konlaridan jo’natilgan tovarlar bizga yetib kelgunicha esa bir necha kunlab vaqt o’tadi.

Shunday bo’lsa-da, butkul xotirjamlik uchun Xitoydan (va umuman xorijdan) kelgan posilkalarni olishingiz bilan antiseptiklar yordamida tozalash, kiyim-kechaklarni esa yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.

 

terabayt.uz

loading…