Bu qiziq

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

Комментариев нет

 

 

BOLALAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Yevropada erkak va ayol o’rtacha 29 yoshda farzand ko’radi. MDH davlatlarida 20 yoshda erkak hamda ayollar farzandli bo’ladi. 1910 yili Xitoyda er-xotin farzandli bo’lgan. Ular esa bor-yo’g’i 8 va 9 yoshda edi.

2. Egizaklar eng ko’p tug’iladigan davlat Nigeriyadir. Har 11 tug’ruqning biri egizaklar dunyoga kelishi bilan yakun topadi.

3. Zamonaviy texnologiyalarni katta tezlikda egallay oladigan bolalar nemis bolalaridir. Nemis bolasi 9 yoshidayoq allaqachon o’ziga ikkinchi smartfonni sotib olgan bo’ladi.

4. Eng qadimiy bolalar o’yinchog’i 3 ming yoshda. Uni qadimiy Persiya hududidan topishgan. Hozir o’yinchoq Luvrda saqlanadi.

5. Amerikada «Kinder Syurpriz» oldi-sotdisi taqiqlangan. Bunga ichiga qo’shib beriladigan o’yinchoq sabab. Aytishlaaricha, bola bilmasdan bu o’yinchoqni yutib yuborsa, hayoti xavf ostida qolarkan.

6. Uch yashar bolaning ovozi yoshi kattalarning 200 nafari baravar chiqargan ovozdan balandroq jaranglaydi.

7. 17 asrda bolalar jinsidan qat’i nazar yetti yoshga yetguncha uzun ayollar ko’ylagini kiygan.

8. Bolalar 3 yoshga yetguncha tizza suyagiga ega bo’lmaydi.

9. Yangi tug’ilgan chaqaloqning suyaklari 270 ta, kattalarda esa bu miqdor 213 tani tashkil etadi. Nega? Chunki bola ulg’aya borgan sari ayrim suyaklar bir-biri bilan birlashib, yagona suyakka aylanadi.

10. 15-18 asrlarda hukmdorning bolasi uchun alohida xizmatkor bolalar tayin etilgan. Ularni «kaltak yeyish uchun tayinlangan bola» deb atashgan. Agar hukmdorning farzandi ayb ish qilib qo’ysa, bu aybi uchun o’sha xizmatkor bolalar kaltak yegan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

loading…

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…
Klassik to’y libosidan voz kechgan va bu qaroridan sira ham afsuslanmagan mashhurlar (foto)
Меню