19 aprel kuni vaqtlararo sayohat qiluvchi yana bir xabarchi bizning davrimizga qaytib kelib, Yer aholisini kutilayotgan yirik falokatdan ogohlantirdi. Uning fikricha, 23 aprel kuni planetamiz ulkan asteroid bilan to’qnashib ketishi kerak edi.
17 aprel kuni «YouTube»dagi «ARMAGEDDON» kanalida kompyuter grafikasi yordamida modellashtirilgan qiyomat-qoyim videosi paydo bo’lgandi. Kelajakdan kelgan mehmonning so’zlariga ko’ra, Yerning X planetasi (u yana Nibiru nomi bilan ham tanish) bilan to’qnashuvi OAVning navbatdagi uydirmasi sanaladi. Biroq videorolik muallifi asteroid borligini inkor qilmaydi, uning sayyoramiaz bilan to’qnashuvi ham bor gap. Agar videoga e’tibor qiladigan bo’lsak, asteroid Tinch okeanining shimoliy qismiga kelib uriladi. To’qnashuv shu qadar kuchli bo’ladiki, vulqonlarni uyg’otib, butun shaharlar lava bilan qoplanadi. Videorolik muallifining so’zlariga ko’ra, bundan boxabar bo’lgan olimlar bu faktni yaxshi bilishsa ham odamlardan bo’lajak falokatni berkitishmoqda.
«YouTube» kanali orqali o’zining 2021 yilda bo’lib qaytganini ta’kidlayotgan insonlardan yana biri Noy ismli inson bo’lib, juda g’aroyib iqrorlari bilan o’ziga ko’plab muxlislar orttirgan.
U o’zining mielofon (fikrlarni o’qiydigan apparat)i bilan ont ichib, 2017 yilning 13 noyabr kuni 2021 yilda bo’lib qaytganini ta’kidlaydi. Uning fikricha, vaqtlararo sayohat qilish bor narsa va u fanga 2028 yilga kelibgina ma’lum bo’ladi.
Noyning so’zlariga ko’ra, u AQShning sirli bir loyihasida ishtirok etgan va juda ko’p sirlardan xabardor. Ularni ochib tashlash bilan hayotini xavf ostida qoldiradi. Garchi uning yuzi va ovozi bir qator ayyorona montaj effektlari bilan bezab tashlangani uchun shaxsini tanib bo’lmasa-da, unga ishonishlarini chin ko’ngildan o’tinib so’ragan. Masalan, u Yerda 50 yildan buyon yashab kelyapti, biroq maxsus apparat taqqani uchun 20 yosh ko’rinadi. U bemalol o’n yil ortga, o’tmishga sayohat qilishi mumkin, bu sayrlar oqibatida esa anoreksiya hamda depressiya orttirib olish hech gap emas.
Garchi barchasini sir deb hisoblasa ham Noy har holda bir nechta ma’lumotni aytib o’tishga ulgurdi. Birinchidan, 2020 yilda Trampni ikkinchi marta prezidentlikka saylashadi va u Amerikani 2024 yilga qadar boshqaradi. Ikkinchidan, sun’iy ong sayyoramizni butkul egallab oladi hamda 2021 yilda deyarli barcha kompyuterlarni ishdan chiqaradi.
Kelajakdan kelgan mehmon, shuningdek, 2021 yilda elektromobillar zaryadkasiz 600 km yo’lni bemalol bosib o’tishi mumkinligini ham bashorat qilgan.
Bundan tashqari, zilzila, toshqinlar, terakt hamda JCh-2018 da kim g’olib chiqishi haqidagi mayda-chuydalar xususida esa u negadir indamagan. Bizni ayagan, shekilli.
2000 yilda o’zini Jon Taytor deb atagan bir inson ham kelajak haqidagi bir qator bashoratlarini internet orqali e’lon qildi. Jon Taytor o’zining 2036 yildan kelganligini ta’kidlagan. Bu oddiygina o’yin bo’lganmi yoki haqiqat — haligacha ma’lum emas.
Taytor turli sayt va forumlarda bir qator ma’lumotlar qoldirgan. Gohida u o’ziga «TimeTravel0» taxallusini qo’yib olardi. Uning so’zlariga ko’ra, AQShni fuqarolik urushi qamrab oladi. 2015 yilda esa uchinchi jahon urushi boshlanib, uch milliard odam halok bo’lishi kerak edi. 2036 yilda global virus butun kompyuter tizimini ishdan chiqarib, sayyoramiz va insoniyatning asosiy kiberhalokatiga aylanadi.
Jon Taytor o’zining navbatdagi missiyasi 1975 yilga qaytib, IBM 5100 kompyuterini olib qaytish ekanligini ta’kidlagan. Unda Taytor qanday qilib 2000 yilga tushib qoldi? U o’zining uch yoshligiga qaytib qolishni juda istagan. O’sha paytda uning yoshi aynan shuncha bo’ladi. Buning uddasidan chiqa oladimi — noma’lum. Axir o’zining o’tmishdagi qiyofadoshi bilan uchrashish taqiqlanadi.
Buni qarangki, uning ma’lumotlariga katta qiziqish bildirganlar ko’plab topildi. To’rt oy davomida Taytor qiziquvchanlarning barcha savollariga erinmay javob qildi. Hatto Nostradamus kabi she’riy usulda.
Bundan tashqari, odamlarni buzoq go’shtini iste’mol qilishdan qaytargan, uning fikricha, kelajakda quturish kasalligi kelib chiqishi mumkin ekan.
Taytor shu bilan birga vaqtlararo sayohat qilishning barcha texnik jihatlarini asoslab, sayohatlaridan suratlar ham joylashtirdi. To’g’ri, suratlar unchalik ham sifatli emas edi. Oxirgi marta Taytor tizimga 2001 yil 24 martda kirgan edi. Shundan so’ng u barcha akkauntlarini o’chirgan va hozirga qadar hech kim u haqda eshitmagan.