Olimpiada chempioni, Davlat Dumasining sobiq deputati Alina Kabayeva o’zining bolaligi va dunyoning eng yaxshi gimanastkasi sifatida qanday qilib shakllangani haqida so’zlab berdi, deb xabar qiladi «Daryo».
«Agarda qiz farzandli bo’lsam, uni ham jonim bilan badiiy gimnastikaga topshiraman», — deydi Kabayeva.
Alinaning fikricha, ushbu sport turiga xoreografiya, mashqlar va chiroyli musiqa kirgani sabab u bolaning barkamol rivojlanishiga yordam beradi.
Gimnastkachining o’zi mazkur sport turi bilan 3,5 yoshidan boshlab shug’ullanib keladi. 11 yoshida esa uni taniqli murabbiy Irina Viner-Usmonovaga ko’rsatishgan. Kabayevaning eslashicha, avvaliga Irina Viner-Usmonova qizaloqning yoshi sabab uni o’z qo’l ostiga olishni istamagan, biroq Alina nimalarga qodir ekanligini namoyish etgach, unga yana bir imkon berilgan.