JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. «Trioniks Trionyx cartilagineus» — Bu yumshoq tanaga ega toshbaqa zoti. Bu toshbaqalar to’dasi och qolsa, manaman degan ulkan mahluqlarni ham o’ldirib yeb tashlay oladi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

2. Gretsiya yozuvida so’roq belgisi vazifasini nuqtali vergul bajaradi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

3. Gruzinlar o’z mamlakatini Gruziya emas, balki «Sakartvelo» deb atashadi. Bu qachonlardir shu mamlakat hududida yashagan kartvellar nomidan olingan. «Gruziya» so’zi XVII-XVIII asrlarda arablarning «Gurjiston» so’zi orqali kirib kelgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

4. Misrda bitmagan uy uchun soliq olinmaydi. Shuning uchun misrliklar ikki qavatli uy quradi-da, ikkinchi qavatini chala bitganicha qoldirishadi. Ko’ribsizki, uy uchun soliq to’lamasdan uzoq yillar xotirjam yashayverishadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

5. Indoneziyadagi do’konlarda sotiladigan mahsulot ustiga narx qo’yilmagan bo’lsa, sotuvchi bilan bemalol savdolashib, aytilgan narxni ikki-uch hissa tushirish mumkin.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

6. Eron bayrog’iga «Ollohu Akbar» jumlasi 22 marta yozib chiqilgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

7. Ispaniya madhiyasida so’zlar yo’q. Madhiya faqat musiqadan iborat.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

8. Avstraliya ramziga malla kenguru hamda «Emu» tuyaqushining surati chizilgan. Xo’sh, nega? Ma’lum bo’lishicha, kenguru ham, tuyaqush ham ortga gavdasini oldinga qaratgan holda yura olmaydi. Demak, ular faqat oldinga yura oladi. Avstraliya faqat olg’a qadam bosishi shu suratlar yordamida izohlab berilgan.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

9. Perudagi Lima shahrida bir favvora bor. Favvoradan suv o’rniga spirt oqadi. Shubhasiz, bu ishni hatto Rossiya ham amalga oshira olmasa kerak.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

10. Tomirlardagi qonimiz bir kunda 19 ming 312 kilometr yo’l bosadi.JUDAYaM QIZIQARLI FAKTLAR…

Olimjon HAYIT tayyorladi