1. Qadimda Gavay orollarida gladiatorlar jangi tez-tez tashkil etib turilgan. Jangchilar yo akula tishidan yasalgan xanjar yoki akulaning o’zi bilan qurollantirilgan.
2. Oq ayiqning oshqozoni o’ziga 68 kilogramm go’shtni sig’dira oladi.
3. Qadimiy Assiriyada loydan kitoblar yaratishgan. Bu kitoblarning hajmi 32x x32 santimetr, qalinligi 2, 5 santimetrga teng bo’lgan. Loydan yaratilgan kitoblar sahifalari yuz va undan ortiqroqni ham tashkil etgan.
4. Gorilla bir kecha-kunduzda 14 soat uxlaydi.
5. Tuyaning kipriklari uch qavat. Ular jonivorni sahrodagi kuchli bo’ronlar tufayli ko’zlari qumga to’lishidan himoya etadi.
6. Jirafa quloqlarini tili bilan ham bemalol tozalay, qashiy oladi. Chunki tilining uzunligi 50 santimetrga teng.
7. Xitoy suv kiyigining yangi tug’ilgan bolasi odam kaftiga joy bo’ladi.
8. Timsohning oshqozoni hatto mixni ham sira qiynalmasdan hazm qiladi.
9. Filning har bir tishi 4-5 kilogramm vaznga ega.
10. Eshakning ko’zlari shunday joylashganki, u to’rtala oyog’ini ham bir vaqtning o’zida ko’ra oladi.
mustran.ru
Olimjon HAYIT tayyorladi