* * *
Ayol montyorga qo’ng’iroq qildi.
— Men sizdan eshik qo’ng’irog’ini tuzatib bering demaganmidim?
— Men siznikiga borganman.
— Voy, qachon? Uydan chiqmay sizni kutib o’tiribman-ku!
— Bordim. Eshik qo’ng’irog’ini chaldim, chaldim. Hech kim javob bermadi.
* * *
Piyonista Karl Marksning portreti yonida turgancha yuzini siypalab dedi:
— Qiziq! Ertalab soqol olgandim shekilli?!.
* * *
Bolakay bog’da sayr qilib yurgan homilador ayolga qiziqsinib tikilib turdi-da, nihoyat so’radi:
— U nima?
— Mening bolam.
— Siz uni sevasizmi?
— Judayam sevaman.
— Unda nega yeb qo’ydingiz?
* * *
Erkaklarga ayollarning xushomadlari:
— Men sizning yoningizda bo’lsam, o’zimni juda aqlli his eta boshlayman.
— Juda jiddiy, o’ychansiz. Qamoqdan chiqib kelyapsizmi?
— Ko’ylagingizga tegib qolgan lab bo’yog’ining rangi juda chiroyli ekan.
— Men erkaklar uchun qizil paypoqlar ishlab chiqarila boshlaganidan bexabar ekanman.
— Yaxshi, siz bilan yashash maroqli. Lekin afsuski… Pulingiz juda kam qoldi.
* * *
— Nega buncha qovog’ingni osiltirib olibsan? Biror narsa bo’ldimi?
— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.
* * *
Olisga qatnaydigan yuk mashinasi haydovchisi yo’l-yo’lakay bir qahvaxonaga kirib tovuq go’shti sotib oldi. Ammo qo’l yuvish uchun chiqqanda, qo’shni stolda o’tirgan uch bezori tovuq go’shtini yeb qo’ydi. Haydovchi hech narsa bo’lmagandek, go’shtning pulini to’ladi-da, chiqib ketdi. Birozdan so’ng bezorilardan biri sotuvchiga dedi:
— Bu yigit juda qo’rqoqqa o’xshaydi. O’zini himoya qila olmasligi aniq. Ko’rinib turibdi.
Sotuvchi:
— Ha, mashina haydashniyam bilmas ekan. Hozirgina yo’l chetida turgan uchta mototsiklni majaqlab o’tib ketdi.
* * *
Choyxonaga bir bolakay yugurib kirdi-da, o’tirganlardan biriga dedi:
— Ahmad amaki, sizni Ali amaki kutyapti.
— Rahmat, Peyjerjon.
* * *
Yosh er-xotinlar aravachada chaqalog’ini yetaklab yurib uning kelajagi to’g’risida gaplashishyapti.
Xotin: — U buyuk musiqachi bo’ladi.
Er: — Yo’q, u mashhur olim, akademik bo’ladi!
Shu payt aravachadagi chaqaloq tilga kirdi:
— Qanaqa akademik? Akademikning oyligiga yashab bo’larkanmi?
* * *
Bir egizak yashagan ekan. Birining xotini bor, ikkinchisining qayig’i. Kunlarning birida egizak akaning xotini olamdan o’tibdi. Narigisining qayig’i sinib qolibdi. Shunda mahalliy ruhoniyning zavjasi xotini o’lgan akadan xabar olish uchun kelibdi-yu, adashib qayig’i borinikiga kirib qolibdi. Suhbat shunday kechgan ekan:
Ayol: — Ta’ziyamni qabul qiling! Bandalik.
Qayiqchi: — E, nimasi bandalik? Baribir eskirib, chirish holatiga kelib qolgandi. Orqasiga chiqsang, oldi ko’tariladi, oldiga chiqsang, orqasi ko’tariladi. Ikki-uchta o’rtog’imga berib turgandim. Ogohlantirdim. Bitta-bittadan ustiga chiqinglar dedim! Ular bo’lsa, uchchalovi baravar chiqqan ekan, oldidan orqasiga qarab yorilibdi.
* * *
Jinnixonada bittasi joniga qasd qilmoqchi bo’lib vanna to’la suvga yotib oldi. Boshqa jinni uni o’z vaqtida qutqarib qoldi-yu, vrachdan baloga qoldi.
Vrach:
— Siz sog’lom ekansiz. Ertaga uyingizga ruxsat beraman. Afsuski, siz qutqargan yigit baribir joniga qasd qildi. O’zini osib qo’ydi.
Jinni:
— Yo’q, adashyapsiz. Quritish uchun uni men shiftga osib qo’ygandim.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit