Kun kulgisi

Taksi to’xtatgan 4 ta yigit:
— Vokzalga tashlab qo’yasizmi?
— O’tiringlar!
Haydovchi:
— Rossa ichganmisizlar deyman-a, yigitlar?!
— Yo’g’-e, nimalar deyapsiz?!
Haydovchi:
— Avtomobilni oldi o’rindig’iga to’rttalangiz ham o’tirib olganingizni ko’rib so’rayapman-da!!!

***

Ota va o’g’il sho’rva ichib o’tirishsa, o’g’il otasiga:
— Ota sho’rvangizni go’shtini menga bering, – desa,
ota o’g’liga qarab:
— O’g’lim shu go’shtni yeyman deb bir kosa suv ichdim, – dermish.

***

— Yigit,— dedi Afandi qo’lida ishlaydigan xodimlardan biriga,— ustingdan shikoyat tushdi, seni ko’p xotinlikda ayblashibdi.
— Tuhmat, kim yozibdi? — ko’zini olaytirdi xodim.
— Xotining.
— Qaysi biri? — deb yuborganini bilmay qoldi xodim.

***

Bir kuni doktordan so’rashibdi:
— Nega hozirgi bolalar nervnыy bo’lib tug’ilishayapti?
Doktor:
— Hozirgi bolalar onasini qornida:
3 oylik bo’lguncha: — Meni abort qildirarmikin yo’qmi?, – deb o’ylanishadi.
6 oylik bo’lguncha: — Dadam oyimga uylanarmikan?, – deb o’ylanib xavotirlanishadi.
9 oylik bo’lguncha esa: — 1 oylik stipendiyaga 3 kishi qanday yashaymiz?, – deb nervnыy bo’lishadi