Texnologiyalar rivojlanmoqda, internet kengaymoqda, foydalanuvchilar esa kundan kun ortmoqda, bunday zamonda uydan turib ham yaxshigina pul ishlab topish mumkin. Hozirgi davr interneti sizga aynan shu haqida darak berishga urinadi.
Bugungi kunda uydan turib internet orqali xorijiy tashkilotlarda ishlash mumkin, reklama va turli xizmatlar ko’rsatish orqali daromad topish mumkin. Va … odamlarni aldab pul ishlash ham mumkin.
Bizga xorij yangiliklaridan hakkerlar bankdagi millionlab pullarni o’marayotgani haqida xabar berishadi, lekin bizni hayolimzga kelmaydiki, ayrim uddaburonlar bankni o’marmasdan ham millionlarni topmoqda, faqat bizni o’marish orqali.
Quyida internetda hozirda keng tarqalgan firibgarlik va qallobliklar haqida qisqacha ma’lumot beramiz:
«Siz saytimizning millioninchi a’zosisiz!!!»
– bunday yolg’on xabarlar oldin juda ko’p uchrardi. Siz biror bir saytga kirsangiz saytning pastki yoki yuqori qismida kichik bir reklamaga o’xshagan oyna ochilib, sizga siz saytning millioninchi yoki milliardinchi a’zosi ekanligingiz va sizga mukofot borligini bildirishadi. Mukofotni olishingiz uchun esa siz butun boshli shaxsiy ma’lumotingizni (passport, uy va qo’l telefoni nomeri, yashash manzilingiz, ish joyingiz, F.I.O. va boshqa) kiritishingiz va ko’rsatilgan raqam bilan bog’lanishingiz yoki ko’rsatilgan pochtaga kirib aytilgan ishlarni bajarishingiz talab qilinadi. Lekin mukofot sizga bari bir berilmaydi!
Facebook va Instagram’dagi «Like bos» aksiyasi
– hozirgi kunda juda ko’p tarqalgan va tarqalishda davom etayotgan firibgarlik yoki ustamonlikdir. To’g’ri, bunday aksiyalarda qatnashish sizdan biror bir moliyaviy harajat talab qilmaydi, lekin siz o’zingiz yoqtirmagan narsaga a’zo bo’lishingiz va do’stlaringiz haqida ma’lumot berishingiz kerak bo’ladi. O’ylashimcha hamma allaqachon bunday aksiyalar bilan tanish:
-«Diqqat aksiya, yutuqqa iPhone Xs. Aksiya sharti juda oson, sahifamizga a’zo bo’l, shu postga «like» bos, uni sahifangda ulash, izohga bizning kompaniyani yaxshi ko’rishingni yoz va 3 ta do’stingni ko’rsat (kamida!) va evaziga biz bir dona iPhone Xs ni bizga a’zo bo’lib, «like» bosgan 10 mingdan ziyod odamlar ichidan istaganimizga random.org, woobox.com yoki boshqa sayt orqali aniqlab biror bittasiga beramiz (balki umuman bermasmiz!)».
To’g’ri kimdur bu aksiyalar haqqoniyligini, hech qanday qalloblik yo’qligini bildirar, lekin aytingchi, orangizda necha kishi shu kabi tanlovlarda g’olib bo’lgan?!
O’zingiz o’ylang, siz bir kompaniyaga ijtimoiy sahifasini to’ldirib berishda ko’mak beryapsiz, mutlaqo tekinga, lekin buni hisobiga esa hech nima olmayapsiz! Yutgan odam yutug’ini olganmi yo’qmi, o’zi yutuq bormi yo’qmi – bu noma’lumligicha qoladi!
Bu kabi internet firibgarlik va qallobliklar kundan kun ko’paymoqda va siz bilan aloqaga chiquvchi kompaniya vakillari esa kundan kunga ustamon va ayyor bo’lib borishmoqda. Ular qanday qilib bo’lsa ham sizni o’z sahifalariga a’zo qilish, siz orqali pul topish va biror bir boshqa maqsadda sizda foydalanishga urinishadi. Muhimi, ehtiyot bo’ling va virtual dunyoga deyarli ishonmang. Chunki, hatto real dunyoga ham ishonch yo’q!