ChIGIRTKA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Tarixiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, chigirtka bundan 8 ming yil oldin yer yuzida paydo bo’lgan.
2. Turk tilidan tarjima qilinganda, chigirtka «sariq» ma’nosini beradi.
3. Chigirtka ovqat qidirgan mahal yashil rangli ne borki, hammasini yeya boradi. Yashil rangli yemish tugagach, yashil rangli qarindoshlarini yeb bitiradi.
4. Dunyo bo’yicha hisoblaganda, chigirtkaning 7 mingta turi bor. Shularning 500-600 tasi O’rta Osiyo, Rossiyada istiqomat qiladi.
5. Chigirtka to’xtamasdan soatiga 16 kilometr tezlikda, yerdan 200-300 metr balandlikda 300 kilometr masofani bosib o’ta oladi.
6. Chigirtka piyoda kuniga 15-20 kilometr masofani bosib o’tadi.
7. Dunyoning ayrim mamlakatlarida chigirtkadan tayyorlangan ovqat restoranlarda sotiladi. Bu asosan Afrika va Janubiy Amerika davlatlariga to’g’ri keladi.
8. Bitta chigirtkaning o’rtacha vazni 2 grammni tashkil etadi. Bir kunda u o’z vazniga teng ko’katni yeb bitiradi. Ommaviy tarzda ko’kat yeyishni boshlaganda, chigirtkalar yuz tonnadan ziyod ko’katni yeb tashlaydi.
9. 1962 yili chigirtkalar to’dasi Marokashga hujum qilgan. Ular 5 kun ichida 7 000 tonna apelsinni yeb tugatgan.
10. Tarixiy manbalarda yozib qoldirishlaricha, 1008 yili chigirtkalar to’dasi Rossiya yerlariga yopirilgan. Oradan bir necha kun o’tgach, mamlakatda ocharchilik boshlangan.
Olimjon HAYIT tayyorladi