Ilon Mask «Time»da yil odami bo'ldi

Amerikaning «Time» jurnali muharrirlarining ta’kidlashicha, Mask «barmog’ini bir marta chertishi bilan» birjaga ta’sir qilishi, Marsni orzu qilishi va o’zi yaratgan mashinani haydashi mumkin.

«Yil odami» unvoniga 54 nafar nomzod hujjat topshirgan. Ro’yxatga Maskdan tashqari yana Vladimir Putin, Aleksey Navalniy, Jo Bayden, Britni Spirs, Greta Tunberg va boshqalar ham kiritilgan.