1666-yil sentyabrda Padding-leyndagi Tomas Farrinerning novvoyxonasidan boshlangan yong’in shahar bo’ylab juda tez tarqaladi. Shahardagi 13500 ta yog’och uylar yonib kulga aylangan. O’sha vaqtda shahar markazida jami 80 ming aholi istiqomat qilgan, 70 ming inson boshpanasiz qolgan. Bu fojiada 6 nafar londonlik halok bo’lgani aytilgan. Yong’inning zarari bilan birga foydali tarafi ham bo’lgan, olov natijasida shahar epidemiya tarqatuvchi zararkunandalar va kasalliklardan butkul tozalangan edi.
Izohlarni ko`rish