Faoliyatini yakunlaganiga bir yil bo’lgan sportchi sovrinlar yutishdan charchamayapti.
Bu safar Xabib Nurmagomedov World MMA Awards 2021 sovrinining «Yil sabmishni» yo’nalishida g’oliblikni qo’lga kiritdi. Jastin Getjini mag’lub qilishda ishlatgan usuli Xabib Nurmagomedovga ushbu sovrinni keltirdi.
23 ta yo’nalish bo’yicha topshiriladigan ushbu sovrin har yili Las-Vegasda o’z egalariga topshiriladi.
World MMA Awards 2021 da «Yil jangchisi» nominatsiyasiga o’rta vazn chempioni Kamaru Usman loyiq ko’rildi. Israel Adesanya esa «Halqaro jangchilar orasida yil jangchisi» bo’ldi.
sports.ru
Izohlarni ko`rish