image0

O‘zgidromet 8-11 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-11 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 9 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 10 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 11 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-11 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 8 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 9 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 10 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 11 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq: Navoiy viloyati shimolida 8 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 9 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 10 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 11 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 9 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 10 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq; 11 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 dekabrda 2-7 daraja iliq, 9-11 dekabrda 0-5 daraja iliq, 10-11 dekabrda ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 dekabrda 2-7 daraja iliq, 9-11 dekabrda 0-5 daraja iliq, kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 9 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 10 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, 10-11 dekabrda ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 dekabrda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 10-11 dekabrda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8 dekabrda 6-11 daraja iliq, 9 va 11 dekabrda 3-8° iliq, 10 dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-10 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuchli bo‘lishi mumkin, 11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 dekabrda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq; 9-11 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq,2 daraja iliq bo‘ladi.