Hisor tog'lariga o'rnatilgan fotoqopqonga Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i tushib qoldi

Hisor davlat qo’riqxonasiga o’rnatilgan fotoqopqonga Tyan-Shan qo’ng’ir ayig’i tushib qoldi.

Tyan-Shan qo’ng’ir ayig’i Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro’yxatiga va O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Ushbu ayiq Qo’riqxona hududlaridagi G’elon, Miraki, Tanxo’zdaryo va Qizilsuvda tarqalgan.