O’zbekistonlik Sharof Egamberdiyev, Eldor G’afurov, Nodir Dadaxonov va Andrey Tarantin ham bo’lgan guruh o’tgan haftada 5642 metr balandlikka ko’tarilgan.
Mysterious Uzbekistan kanalida cho’qqi tomon yurish va uning zabt etilishi aks etgan suratlar joylashtirilgan.
Ular olti oy oldin Afrikaning eng yuqori nuqtasi, dengiz sathidan 5895 metr balandlikdagi Kilimanjaro cho’qqisiga chiqishgandi.
Kavkaz tog’larida (Rossiya Federatsiyasi hududida) joylashgan Elbrus tog’i cho’qqisi butun qit’aning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. 5642 metr balandlikni zabt etgan alpinistlar oppoq qorlar va bulutlarga o’ralib yotgan manzarani maroq bilan tomosha qilishlari mumkin.
Izohlarni ko`rish