image0

“Associated Press” haftaning eng muhim va qiziqarli voqealarini aks ettiruvchi suratlarni e’lon qildi.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat1

Falastinliklar Markaziy G‘azo sektori, Deyr al-Balah shahrida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh kelishuvi doirasida uch nafar isroillik garovga olingan shaxsni Qizil Xochga topshirish arafasida HAMAS askarlarini kuzatmoqda. 2025 yil 8 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat2

Isroil qamoqxonasidan ozod etilgan Falastinlik mahbuslar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh kelishuviga binoan G‘arbiy sohildagi Ramalloh shahrida kutib olindi. 2025 yil 8 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat3

2023 yil 7 oktyabrdan beri HAMAS tomonidan G‘azoda garovda ushlab turilgan isroillik Eli Sharabi Markaziy G‘azo sektori, Deyr al-Balah shahrida HAMAS askarlari tomonidan Qizil Xochga topshirilishidan oldin. 2025 yil 8 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat4

Livanda AQSHning Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Morgan Ortagus mamlakat Prezidenti bilan uchrashganidan keyin bergan bayonotlariga qarshi namoyish vaqtida “Hizbulloh” tarafdorlari xalqaro aeroportga olib boruvchi yo‘lni to‘sish uchun shinalarni yoqmoqda. Bayrut. Livan. 2025 yil 7 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat5

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Ilon Mask va uning o‘g‘li X Æ A-Xii bilan suhbatlashmoqda. 2025 yil 11 fevral. Vashington.Haftani tarixga muhrlagan 12 surat6

Tinchlik yodgorligi (shuningdek, Dengiz yodgorligi yoki Fuqarolar urushi dengizchilari yodgorligi deb ham ataladi) Vashingtonda qor bo‘ronidan keyin Kapitoliy oldida qorga burkangan. 2025 yil 12 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat7

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Rossiyadan ozod qilingan Mark Fogel bilan ko‘rishmoqda. 2025 yil 11 fevral. Vashington.
Haftani tarixga muhrlagan 12 surat8

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Putinning va AQSH Prezidenti Donald Trampning suratlari tushirilgan chashkalar suvenir do‘konida sotuvga qo‘yilgan. 2025 yil 13 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat9

Ishchi Mexiko shahridagi po‘lat idishlar ishlab chiqaruvchi fabrikada idishni tozalamoqda. 2025 yil 11 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat10

M23 isyonchilari va hukumat askarlari o‘rtasidagi janglar tufayli o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan bola Kongoning Goma shahridagi lagerda zarar yetgan dubulg‘ani kiyib olgan. 2025 yil 11 fevral.
Haftani tarixga muhrlagan 12 surat11

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Prayagraj shahrida davom etayotgan Maha Kumbh festivali vaqtida ibodat qiluvchilar va diniy arboblar istiqomat qiladigan chodirlar yonib ketganidan keyin ko‘ngillilar matraslarni asrab qolishga harakat qilmoqda. 2025 yil 7 fevral.

Haftani tarixga muhrlagan 12 surat12

Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tgan 9-Osiyo Qishki o‘yinlari doirasida ayollar o‘rtasidagi tezkor konkida uchish jamoaviy poygasi finalida Qozog‘iston jamoasi ishtirokchisidan biri yiqilib tushdi. 2025 yil 11 fevral.