1. Eng jajji gullarni hovuzchalarda uchratish mumkin. Ularning diametri 1 millimetrdan oshmaydi. Eng yirik gul esa Indoneziyada o’sadi. Diametri 90 santimetr, vazni 11 kilogrammgacha yetadi.
2. Yana bir yirik gul «amorfofallum titanum» ham Indoneziyani makon tutgan. Gulning bo’yi 3 metr keladi.
3. O’rta asrlarda haqiqiy gullar tili mavjud bo’lgan. Masalan, rыsar atirgulni qo’lida ushlab ayolga yaqin kelsa, bu ayolning qo’lini so’rash ma’nosini anglatgan. Olchaning gullagan novdasi esa muhabbat izhori sanalgan.
4. Dunyodagi eng qimmat turadigan gul Malayziya oltin orxideyasi hisoblanadi. Bu gul 15 yilda bir marta gullaydi.
5. Germaniyaning Xildesxaym shahrida eng qadimiy, keksa gullar o’sadi. Misol uchun mahalliy ibodatxona yonida qad ko’targan atirgul ming yil oldin ekilgan.
6. Gul o’stirishni odamlar 4 ming yil oldin boshlashgan. Gulzorlar ilk bor qadimiy Misrda barpo etilgan.
7. Amerikada har bir shtat o’zining timsoli hisoblanmish alohida gul turiga ega.
8. Gullarning ayrim turlarini yesa bo’ladi.
9. Yer yuzida qora rangli gul yo’q.
10. Janubiy Amerika tog’li hududlarida bir gul o’sadi. U 150 yil yashaydi. Shu vaqt oralig’ida umuman gullamaydi. 150 yil oxirida — o’lish arafasidagina gullaydi xolos.
11. Yaponiyada xrizantema imperator guli sifatida e’tirof etiladi. Yaponiya davlat mukofotlaridan biri «Xrizantema ordeni» deb atalgan.
12. Hozir Niderlandiya o’z lolalari bilan dunyoga mashhur. Ammo bu gullarni gollandlar 16- asrda Turkiyadan olib kelib o’stira boshlashgan.
13. Hindistonda gullardan qurbonlik bilan bog’liq marosimlarda foydalanishadi. Ularni o’zlari ilohiy deb hisoblaydigan olovda yoqishadi.
14. Avstraliyada qad rostlagan «Rizentella orxideyasi» yer ostida gullaydi. Bu gulni asalarilar emas, qo’ng’izlar changlaydi.
15. Dunyoda atirgulning 50 mingdan ziyod turi bor. Ammo ularning barchasi yovvoyi na’matakdan tarqalgan.
16. Juda ko’plab gullar odam tanlaydi. Ayrimlari uni o’tqazgan odamni xushlamasa, o’sishga o’ssa-da, gullamaydi.
17. Yirik gullardan hisoblangan «Xumcha viktoriya regiya»ning bo’yi 2 metrgacha yetadi va bu gul 100 kilogrammgacha bo’lgan odamni ko’tarib tura oladi. Pastki qismida o’tkir tikonlari bor. Ular gulni baliqlarga yem bo’lishdan asraydi.
LOLA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Lola yer yuzida bundan 15 million yil oldin paydo bo’lgan. Hozirgi kunda lolaning 80 ta turi mavjud. Shu turlar 1800 ta navga ajratilgan.
2. Ocharchilik yillarida odamlar lola piyozini haqiqiy piyoz o’rnida ovqatga to’g’rab yeyishgan.
3. Lola bir necha asr davomida Usmoniylar imperiyasining timsoli bo’lgan.
4. XVII asrda Fransiyada lolaning piyozi juda qimmatga sotilgan. Yigitlar bo’lg’usi juftiga xuddi shu lola piyozini sovg’a sifatida taqdim etishgan. Tegirmonchi esa bir dona lola piyoziga butun boshli tegirmonini almashgan.
5. Rossiyaga lolani ilk bor XVIII asrda Pyotr I olib kelgan.
6. Eronda lola vatanni himoya qilishda halok bo’lgan askarlar timsoli sifatida qadrlanadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi