XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

1. Xitoyda yashaydigan suv kiyigining endigina tug’ilgan bolasi odamning bir kaftiga joy bo’ladi.

2. Timsohning oshqozoni mixni ham sira qiynalmay hazm qila oladi.

3. Dunyodagi cho’chqalarning tengyarmisi Xitoyda yashaydi.

4. Kiyikning o’t qopi bo’lmaydi.

5. Ko’rshapalak dunyodagi uchishga uchadigan, ammo yerda yura olmaydigan yagona sut emizuvchi jonzot sanaladi.

6. «Tarantul» laqabli zaharli o’rgimchak ikki yil yemishsiz yashay oladi.

7. Agar oltin baliqchani qorong’i xonaga qamab qo’yilsa, uning rangi oqarib ketadi.

8. Alligator 100 yilgacha umr ko’radi.

9. Fil tishining har bir donasi 4 kilodan vaznga ega.

10. Hindistonda jami 50 millionta maymun istiqomat qiladi.

11. Ikkinchi jahon urushida amerikaliklar ko’rshapalakni uchib ketayotib yerga bomba tashlashga o’rgatishgan.

12. Chumoli hech qachon uxlamaydi. Ustiga-ustak uning o’pkasi ham yo’q.

13. Sigirning 4 ta oshqozoni bo’ladi.

14. Afrikada zaharli kapalak bor. Uning zahri birdan 6 ta yovvoyi mushukni o’ldira oladi.

15. Yo’lbarsning terisi ham xuddi yungi kabi ola-bula bo’ladi.

16. Begemot odamdan ham tezroq yuguradi.

17. Filning vazni moviy kit tili vaznidan kamroq.

18. Kuyaning oshqozoni bo’lmaydi.

19. «Tosh baliq» deb nomlangan baliq turi dunyodagi eng zaharli baliq hisoblanadi.

20. Kitning yuragi bir daqiqada 9 marta uradi.

21. It bundan 14 000 yil oldin ilk bor odamlarga oshno tutingan.

22. Fil kuniga 200 litrdan suv ichadi.

23. Olmaxon qizil rangni ajrata bilmaydi.

24. Tovuq bir yilda 260 tagacha tuxum tug’adi.

25. Sichqon och qolsa-yu, yemish topa olmasa, o’z dumini yeb bitiradi.

26. Kapalakning ko’zlari 12 000 tadan iborat.

27. Ilon kiprik qoqmaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi