Bu haqida BBC News xabar bermoqda.
Pertdan taxminan 250 km shimolda joylashgan Grin Xed plyajida mahalliy aholi tomonidan ulkan metall buyum topildi.
Shtat va federal idoralar tijorat aviatsiyasi bilan bog’liq deb taxmin qilinayotgan masalani tekshirmoqda.
Aniqlangan ob’yekt xavfli hisoblanadi. Politsiya mahalliy aholidan masofani saqlashni so’raydi.
Avstraliya hukumati ob’yektning kelib chiqishi va xarakterini aniqlash bilan shug’ullanadi.
Grin Xed plyaji aholisining ta’kidlashicha, ob’yekt kengligi taxminan 2,5 m va uzunligi 2,5 dan 3 m gacha bo’lgan silindrdir. U shanba kuni kechqurun aniqlangan.
Aviatsiya mutaxassisi Jefri Tomasning aytishicha, ob’yekt oxirgi 12 oy ichida Hind okeaniga qulagan raketaning yonilg’i baki bo’lishi mumkin.
Avstraliya kosmik agentligining ma’lum qilishicha, gigant silindr «xorijiy kosmik raketa»dan qulagan bo’lishi mumkin.
Silindr 2014 yilda bortida 239 yo’lovchi bilan Avstraliyaning g’arbiy qirg’oqlarida g’oyib bo’lgan MN370 samolyotining bir qismi bo’lishi mumkinligi haqida taxminlar bor edi. Ammo mutaxassislar bunday imkoniyatni darhol rad etishdi.