image0

Tabiat mo‘’jizalari haqida gap ketganida, sharsharalarning o‘z o‘rni bor. Tabiiy relef natijasida paydo bo‘lgan “suv raqsi” har doim ham e’tibor markazida bo‘lgan. Yer yuzidagi har bir sharshara betakror. Ularning ko‘pchiligi tashrif uchun juda noqulay hududlarda joylashgan bo‘lsa-da, bir qanchasi esa allaqachon sayyohlarning sevimli maskaniga aylanib bo‘lgan. QALAMPIR.UZ ana shunday sharsharalarning eng chiroyli va ajoyiblarini jamlab, ularga qanday borish hamda tomosha qilish qanchaga tushishi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.

Iguasu sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?1

Romantik sayohatlar ishqibozi bo‘lsangiz, Iguasu sharsharasiga albatta tashrif buyuring. Tropik o‘rmon bilan o‘ralgan ushbu sharshara sehrli xotiralarga boy unutilmas lahzalarni taqdim etadi. Istalgan vaqtda tashrif buyurishingiz mumkin, masalan, agar qish oylarida borsangiz, Iguasu eng kuchli oqimga ega bo‘ladi, ammo havo nam va yomg‘irli bo‘lishi mumkin. Mart-aprel va avgust-sentyabr oylarida esa quruq iqlim kuzatiladi, lekin sayyohlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?2

Tashrif buyuruvchilar sharshara ostida qayiqda sayr qilish imkoniyatiga ham ega. Iguasuga Argentina yoki Braziliyadagi yaqin shaharlar orqali yetib olish mumkin. Avtobus va taksilar esa kirish joyigacha olib boradi. Kirish narxi qaysi davlat fuqaroligiga qarab o‘zgaradi, lekin odatda bu o‘rtacha 10-30 AQSH dollari atrofida.

Viktoriya sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?3

Viktoriya – dunyodagi eng mashhur sharsharalardan biri. Texnik jihatdan eng baland yoki eng keng bo‘lmasa-da, suv hajmiga ko‘ra u dunyodagi eng katta sharshara hisoblanadi.
Uning kengligi 1708 metr bo‘lib, eng baland nuqtasi 108 metr. Zimbabve va Zambiya o‘rtasidagi Zambezi daryosida joylashgan mazkur sharshara mahalliy tilda “Gumburlagan tutun” deb ham ataladi.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?4

Bu tabiiy mo‘’jiza sayyohlarni bir umrlik xotira uchun hayratlanarli safarga chorlaydi. Bu yerda qayiqda suzish yoki vertolyotda parvoz kabi adrenalinni oshiruvchi imkoniyatlar mavjud.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?5

Viktoriyaga sayohat uchun eng maqbul mavsum martdan avgustgacha, ya’ni osmon eng tiniq bo‘lgan payt. U yerga borish uchun Zambiyadagi Livingston va Zimbabvedagi Viktoriya shaharlariga uchish, so‘ngra avtomobildan foydalanish mumkin. Sharshara hududiga kirish narxi Zimbabve tomonidan taxminan 30 dollar, Zambiya tomonidan esa 20 dollar.

Angel sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?6

Venesuelada joylashgan Angel sharsharasi dunyoning eng go‘zal sharsharalaridan biri bo‘lishi bilan birga dunyodagi eng baland sharshara ham hisoblanadi. Uning balandligi 979 metr.  Venesuelada ta’tilni rejalashtirayotgan har kim bu go‘zal sharsharani, albatta, ko‘rishi kerak. Uzoq hududda joylashgani uchun u yerga yetib borish biroz murakkab bo‘lishi mumkin, ammo bu shunga arziydi.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?7

Mamlakatga kirgach, dastlab Karakasdan Kanayma parkiga parvoz, so‘ng qayiq va kamida uch soatlik piyoda yurish orqali manzilga yetish mumkin. Sharshara joylashgan milliy bog‘ga kirish narxi o‘rtacha 25 dollar.

Niagara sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?8

Niagara dunyodagi eng mashhur sharsharalardan biri hisoblanadi. U eng baland bo‘lmasa-da, o‘zining kengligi va shiddati bilan, shubhasiz, hayratlanarli.
Bu sharshara Kanada va AQSH chegarasida joylashgan bo‘lib, Eri va Ontario ko‘llari unda tutashadi.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?9

Niagara Horsshu, Amerika va Kelin libosi nomli uch alohida sharsharadan iborat. U har ikki mamlakatning turli nuqtalaridan ko‘rinib turadi. Bu yerga Kanadaning Toronto yoki AQSHning Buffalo shahridan mashina yoki poyezdda tashrif buyurish mumkin. Har ikki shahar ham taxminan 1 soatlik masofada joylashgan.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?10

Sharsharani ko‘rish bepul, lekin “Maid of the Mist” kemasidagi sayohat yoki “Journey behind the falls” sayri taxminan 25-30 dollar atrofida baholanadi. Niagaraga tashrif uchun eng yaxshi vaqti iyun-avgust oylari bo‘lib, kemada sayohat qilish va kechki shoulardan bahramand bo‘lish mumkin.

Ban Giok – Detyan sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?11

Xitoy va Vetnam chegarasida joylashgan Ban Giok sharsharasi Osiyodagi eng katta sharsharalardan biri hisoblanadi. Bu sharsharani ikki mamlakatni ajratib turuvchi Kuayshon daryosi oziqlantiradi. Detyan yoki Ban Giok deb ataluvchi bu sharshara, ayniqsa, yomg‘irli mavsumda dunyodagi eng go‘zal sharsharalar qatoriga kiradi.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?12

Turfa xil o‘simliklar, baland tog‘lar va ochiq vodiy bilan o‘ralgan bu sharshara betakror manzara taqdim etadi. Tashrif buyurish uchun eng maqbul payt sentyabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Sharshara Vetnamning Hanoy shahridan avtomobilda 7 soatlik masofada joylashgan va unga kirish narxi o‘rtacha 2 dollar.

Kayetur sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?13

Gayanadagi Kayetur dunyodagi eng shiddatli sharsharalardan biridir. Uning balandligi 226 metr, kengligi esa yomg‘ir mavsumida 100 metrgacha yetadi. Amazon o‘rmonlari bilan o‘ralgan bu sharshara sayyohlarga oltinrang qurbaqa va qushlar kabi yovvoyi tabiatning betakror jozibalarini baxsh etadi.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?14

Gayananing Jorjtaun shahridan maxsus reys bilan Kayetur milliy bog‘iga parvoz orqali yetib borish mumkin. Hududida sharshara joylashgan mazkur bog‘ga kirish narxi o‘rtacha 10 dollar.

Dettifoss sharsharasi

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?15

Vatnayyokyudl milliy bog‘ida joylashgan Dettifoss Yevropadagi eng shiddatli sharshara bo‘lib, 44 metr balandlikka ega. Dettifossdan chiqqan tuman va Islandiyaning g‘ayrioddiy manzarasi sayohatchilarga o‘zga dunyo muhitini beradi. Sharsharaga yetib borish uchun avtomobilda Akyureyri shahridan taxminan 1,5 soat yoki Reykyavikdan 6–7 soat yo‘l bosish talab etiladi.

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari: ularni tomosha qilish necha pul?16

Boshqa sharsharalardan farqli o‘laroq Dettifossni tomosha qilish bepul.Tashrif uchun eng yaxshi vaqt iyun-avgust oylari hisoblanadi.