O’zbekiston Henley & Partners konsalting kompaniyasining jahon pasportlari reytingida besh pog’onaga (83) ko’tarilib, 78-o’rinni egalladi.
Mamlakat fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki borgandan keyin viza olish orqali sayohat qilishi mumkin.
Yaponiya 5 yil ichida birinchi marta reytingdagi birinchi o’rnini yo’qotdi va uchinchi o’ringa tushib ketdi. Birinchi o’rinni bu safar Singapur egalladi. Uning fuqarolari tahlil qilingan 227 mamlakatdan 193 tasiga vizasiz borishi yoki borgandan keyin viza olishi mumkin.
Reytingda Germaniya, Italiya va Ispaniya (190 mamlakat) ikkinchi o’ringa ko’tarilgan bo’lsa, Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya va Yaponiya (189 mamlakat) uchinchi o’rinni egalladi.
So’nggi — 103-o’rinni fuqarolari 27 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin bo’lgan Afg’oniston o’rin oldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasida eng kuchli pasport deb Qozog’iston hujjati topilgan — 66-o’rin. Qozog’istonliklar 77 ta mamlakatga viza olmasdan sayohatga chiqishi mumkin. Qirg’iziston 76-o’rinda (63 mamlakat), Tojikistonning natijasi esa O’zbekistonniki bilan bir xil — 78-o’rin (59 ta mamlakat).