image0

Uzgidromet ertaga, 25 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; Ustyurtda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechqurun ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechqurun ba’zi joylarda qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.