Avstraliya aviakompaniya samolyoti London – Sidney yo’nalishi bo’yicha parvoz qilib fuqaro aviatsiyasi tarixidagi eng uzoq davom etgan to’xtovsiz uchishni amalga oshirdi. Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti sinov parvozi davomida havoda 19 soat 19 daqiqa bo’ldi va bu vaqt ichida 17,8 ming kilometrni bosib o’tdi.
Samolyot London aeroportidan 14 noyabr kuni ertalab soat oltida havoga ko’tarildi. U parvoz davomida Germaniya, Rossiya, Polsha, Belarus, Qozog’iston va Xitoy ustidan uchib o’tdi. So’ngra janubga burildi va Filippin hamda Indoneziya uzra uchib o’tdi. Qayd etilishicha, yo’lovchilar parvoz davomida tong otishini ikki marta kuzatishgan.
Izohlarni ko`rish