2-oktyabr kuni kuni shahar IIO FMB xodimlari, Maorif ko’chasida yashovchi U.A.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko’zdan kechirilganda, qurilishi bitmagan uyini tomidan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Farg’ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo’limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sog’lig’ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo’lishini esdan chiqarmang.
Eslatib o’tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.