Izmir geografik va madaniy jihatdan Egeyning qoq markazida joylashgan bo’lib, yashil va moviy ranglarining ajoyib uyg’unligini o’zida mujassam etgan shahar, ko’plab qadimiy shaharlari va tarixi bilan, tashkil etilgan vaqtdan beri G’arbiy Anadoluning eng mashhur hududi bo’lib kelgan. Ko’rib to’ymaydigan bu shaharni kashf qilish uchun Siz, albatta, Izmirga sayohat qiling!
«Go’zal Izmir» o’zining inson ruhiga tetiklantiruvchi ruh bilan sizni huddi rasm kabi tasvirlangan zamonaviylik va an’analar olamiga tortadi. Izmir o’z mehmonlarini tarix va zamonaviylik muhiti bilan lol qoldiradi.
Qadim zamonlarda Smyrna nomi bilan mashhur bo’lgan Izmir, Anadolu yarim orolining Egey dengiziga qadar cho’zilgan nuqtasida joylashgan.
Izmir 8500 yildan beri o’troqlashgan eng qadimiy shaharlardan biridir. Yeshilova va uning atrofidagi Yassi Tepe tepaliklari neolit davrining eng qadimiy manzilgohlari bo’lib, u yerda ona ma’budaning butlari va ramzlari topilgan. Izmirning yaratilish afsonalaridan birida shaharga afsonaviy Amazon malikasi Smirna asos solganligi aytiladi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikka oid shahar (hozirgi Bayraklidagi Tepekuleda) qadimgi Troya G’arbiy Anadolu bilan birga o’z davrining eng ilg’or sivilizatsiyalaridan biri sifatida tanilgan.
Tarixchi Gerodot, Izmir uchun «Ular o’z shaharlarini biz bilgan eng go’zal osmon va eng go’zal iqlimda qurdilar». deb yozgan edi. Arastu o’z shogirdi Iskandar Zulqarnaynga: “Ko’rmasangiz, armonda qolasiz”, desa, Viktor Gyugo shaharga “Smirna bir malikadir…” deb ta’rif bergan.
Turkiya bo’ylab «Go’zal Izmir» nomi bilan mashhur bo’lib, yaxtalar, kemalar va paroxodlar bilan qurshab olingan shahardir. Anadoludan Fors ko’rfaziga qadar cho’zilgan qadimiy “Qirol yo’li”ning so’nggi nuqtasi bo’lgan Izmir, turizm va ko’ngilochar markaz bo’lishda davom etmoqda. Palma daraxtlari soyasi ostidagi ko’chalar ham piyodalar yo’laklari ham chiroyli, uylarning me’morchiligi esa nafis ishlangan. Shaharning qirg’oq chizig’i dengiz mahsulotlari restoranlari, kafelar, Egey oshxonasiga xizmat ko’rsatadigan restoranlar va qirg’oq bo’ylab boshqa ko’ngilochar ob’yektlari bilan mashhur bo’lsada, uning ichki qismi son-sanoqsiz qadimiy sivilizatsiyalar haqida hikoya qiluvchi qoldiqlar va yodgorliklarga boy.
Dengiz va shamol shovqini bo’lgan Izmir, O’rta Yer dengizi iqlimi tufayli yil davomida quyoshli. Yozi issiq, qishi yumshoq. Bergama, Cheshme, Focha, Kemalpasha, Selchuk, Seferihisar, Karaburun, Tire va Urla kabi tumanlari va tarixiy joylari bilan Izmir nafaqat G’arbiy Turkiyada, balki butun Egey dengizida tarixda juda muhim rol o’ynaydi. Jami 629 kilometrlik qirg’oq chizig’i bilan Izmir, shuningdek, dengiz bilan o’ralgan hayotni va’da qilmoqda. Izmirdagi Kordonda sayr qilib yoki Alsanjakdan Karshiyakaga paromga minib dengizdan bahramand bo’lishingiz mumkin yoki 49 ta ko’k bayroqli plyajlarda chuqur moviy suvlarni kashf qilishingiz mumkin.
Ko’kning har qanday soyasini topishingiz mumkin bo’lgan shahar, suv sportining barcha turlaridan bahramand bo’lishingiz mumkin bo’lgan plyajlari bilan mamlakatning mashhur dam olish markazlaridan biridir.