“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 12-turidan o’rin olgan “Tottenxem”ga (2:0) qarshi o’yin yakunidan norozi bo’ldi.
37 yoshli portugaliyalik jahl bilan zaxira o’rindig’ini tashlab, kiyim almashtirish xonasiga yo’l oldi. U Erik ten Xagning so’nggi o’zgarishlaridan norozi edi.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Jeydon Sancho va Kazemiro o’rniga Etnoni Elanga va Kristian Eriksenni tushirdi.
Mirror xabariga ko’ra, Ronaldu ten Xag uni maydonga tushirmaganidan norozi bo’lgan. O’tgan mavsumda portugaliyalik «shporlar»ga qarshi o’yinda (3:2) xet-trik qayd etgandi.
«Manchester Yunayted» g’alaba qozondi va mag’lubiyatsiz seriyasini APLda uchta o’yinga yetkazdi. Klub turnir jadvalida 5-o’rinni egallab turibdi.