Parijda o'zbek zargarlik buyumlari namoyish etiladi

Fransiya poytaxtidagi Arab dunyosi institutida 23 noyabr kuni “Samarqandga yo’l. Ipak va oltin mo»jizalari” ko’rgazmasi ochiladi, dedi Mass-media fondi raisi o’rinbosari Saida Mirziyoyeva.

XIX asr o’rtalari – XX asr boshlarida yaratilgan xalq amaliy san’atining 300 dan ortiq eksponatlari namoyish etiladi.

Bular poyabzal, bosh kiyimlar, zargarlik buyumlaridan iborat sara to’plamlar, shuningdek, Nukus, Samarqand va Buxoroning eng yirik muzeylaridan Turkiston va rus avangardiga taalluqli 24 ta mo’yqalam asarlaridir.