Sizningcha, faqat Rossiya to’y marosimlari chet elliklarni hayratda qoldiradimi? Ishoning, poyabzalni o’g’irlash, oyoqlariga tuxum qo’yib, idish-tovoqlarni omad uchun urib sindirish ba’zi mamlakatlar va millatlarning nikoh marosimlariga taqqoslaganda ancha sodda odatlardir.
1. Yava oroli: Orolning yangi kelin kuyovlari mahalliy ma’muriyatdan nikoh tuzishga ruxsat olishlari va shu qatorda 25 ta o’lik kalamushning dumini to’plashlari kerak. O’lik hayvonlar bo’laklarining keyingi taqdiri haqida bir nima deya olmaymiz. Biroq oila ajrim uchun ko’proq ya’ni 40 ta dum yeg’ishi lozim.
2. Yangi Gvineyada juda g’alati odat mavjud. Kelin nikoh to’yida yopinchiq o’rniga cho’chqa oshqozonini taqadi. Ushbu to’yda kelinning qo’li va sevgisini so’rab 20 ta jannat qushlari, dengiz chig’anoqlari va cho’chqa sovg’a sifatida taqdim etishi kerak bo’ladi. Papuaslar uchun eng so’ngi sovg’a juda muqaddas sanaladi.
3. Afrikaning makoua qabilasida juda original an’ana mavjud. Nikoh uchun kelinning qo’lini so’raydi faqat uzik bilan emas uning o’rniga juftining yoniga og’zi to’la mayda toshcha bilan keladi. Agar kelin rozi bo’lsa toshchani olishi kerak.
4. Ayrim mamlakatlar odatlariga ko’ra kuyov kelinni uning yaqinlaridan sotib oladi, Janubiy – Sharqiy Nigeriyada bo’lsa kelinning yaqinlari kuyovni cho’p bilan kaltaklashadi. Ular bu bilan kuyovning qanchalik chidamli ekanligini sinab ko’rishadi.
5. O’rta asrlarda Angliyada kelinlarga juda qiyin bo’lgan. Yaxshi uy bekasi sifatlarini ular o’zlarida ko’rsatishlari uchun kelinga bir qo’lda sandiq ko’tartirishgan. Agar kelin sandiqni ko’tara olmasa uni ro’zg’orbop kelin hisoblashmagan va yolg’iz yashashga hukm qilingan.