XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

PINGVIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Dunyo bo’yicha pingvinlarning 18 ta turi mavjud.

2. Quruqlikda pingvinlar kalta dumchasiga suyangan holda o’tiradi. Suzganda bu dumlar rul vazifasini o’taydi.

3. Ular suvda dengiz mushuklaridan qo’rqishadi. Shu sababli suvga eng jasur pingvin tushib atrofni kuzatib oladi, ana shundan keyin boshqalari tushadi.

4. Galapagos pingvinlari sovuqqa emas, aksincha issiq iqlimga moslashgan. Sovuq iqlimda ular o’lim topadi.

5. Eng yirik pingvin sifatida imperator pingvinlari tilga olinadi. Ular bir yilda o’n oy Antarktidada yashaydi.

6. Pat tashlash mavsumida to yangi pat o’sib chiqmaguncha pingvinlar suvga tushmaydi. Ochlikda vaqt o’tkazadi.

7. Pingvinlar dunyoda ucha olmaydigan va shunga yarasha suzishni biladigan yagona qush turi hisoblanadi.

8. Qushlar ichida faqat pingvinlargina qaddini xuddi odam kabi tik tutgan holda yuradi.

9. Isinish uchun pingvinlar bir joyga zichlik hosil qilgan holda yig’iladi. Hammaga issiq tegishi uchun tez-tez o’rin almashib turadi. Pingvinlar yig’ilgan joy markazida havo harorati +40-45 darajani tashkil etadi.

10. Qorda sirpanib yiqilmaslik uchun pingvinlar qorni bilan qor ustiga yotib oladi va xuddi chang’ichilar kabi sirpangan holda harakatlanadi. Bunday holatda tik oyoqda yurganga nisbatan tezroq harakatlanadi.

11. Pingvin panjalari sovuqni umuman his etmaydi. Chunki ularda asab tolalari deyarli yo’q.

12. Pingvin 60 daraja sovuqda ham yashab qola biladi.

13. Imperator pingvinlari umri davomida bir marta o’ziga juft tanlaydi va butun umr o’sha bilan yashaydi. Basharti jufti o’lim topsa, u to o’lgunga qadar boshqasiga qaramaydi.

14. Pingvin suvda soatiga 30-35 km tezlikda suzadi.

15. Pingvinlarning Tosh pingvin degan turi juda tajovuzkor bo’ladi. Ular hatto odamga ham hujum qiladi.

16. Shimolda yashovchi pingvinlarning yog’ qalinligi 2-3 santimetrga teng.

17. Pingvinlar tez semiradi va tez ozadi. Negaki, masalan, imperator pingvinlari bir oyda ikki-uch marta ovga chiqadi. O’ljasini shishib ketguncha yeb bitiradi. Keyingi ovgacha esa 30-40 foiz vazn tashlaydi.

18. Pingvinlar quruqlikdagiga qaraganda suv ostida yaxshi ko’radi.

19. Suvda chuqurroqqa sho’ng’iy olish uchun pingvin tosh yutadi.

20. Pingvin erkagi tuxum bosib yotadi. Urg’ochisi esa ov qilib erini boqadi.

21. Patagon pingvinlari suvda bir necha haftalab to’xtamay suza oladi. Shuning hisobiga ular yuz kilometrlab yo’l bosadi.

22. Imperator pingvinidan tashqari barcha pingvinlar in quradi.

23. Pingvinning urg’ochisi o’z bolasi o’lib qolsa, boshqa urg’ochining bolasini o’g’irlab qochadi.

24. Pingvinlar bir-birini tovushiga qarab taniydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi