Chernogoriyada har yili mamlakatda o’tkaziladigan dangasalik bo’yicha chempionat bo’lib o’tdi. Chernogoriyaliklar «Eng dangasa» unvonidan tashqari 300 yevrolik sovrin uchun ham kurash olib borishdi.
Tanlov qoidalariga ko’ra, ishtirokchilar bir vaqtning o’zida ochiq havoda matras ustida yotishlari va o’rinlaridan turmasliklari kerak. Ularga uxlash, o’qish, ovqatlanish va har sakkiz soatda 1 marta hojatxonaga borishga ruxsat berilgan. Kim eng uzoq yotsa, u g’alaba qozonadi.
Musobaqada 117 soat davomida yotib rekord o’rnatgan ayol g’olib bo’ldi va 300 yevroni qo’lga kiritdi.
Bungacha rekord 49 soatni tashkil qilgandi.
Izohlarni ko`rish