Bill Geyts Bodrumda: Milliarder tushlik uchun qancha pul sarflamoqda?

Bill Geyts Turkiyada do’stlari bilan birga dam olmoqda. Bu haqda «Rus.Turkey.com» xabar beradi.

O’z sohasining eng oldi vakillari har yili dam olish uchun Turkiyaning kurort shahri sifatida ma’lum bo’lgan Bodrumga uchib keladi. Ushbu shahar ayniqsa, o’z yaxtasida sayohat qilishni sevuvchilar orasida juda ham mashhur sanaladi. Microsoft asoschisi Bill Geyts ham bu bundan mustasno emas.

Bill Geytsning Egey dengizidagi hashamatli yaxtasida olti nafar do’sti bilan hordiq chiqarayotgani haqida «Sonhaberler» nashri ma’lum qilingan. Milliarderlar Bodrumdagi restoranlardan birida tushlik qilishni afzal bilgan. Matbuot vakillari bilan muloqot qilishdan qochgan janob Bill, ovqatlanish uchun unchalik mashhur bo’lmagan restoranni tanlagan.

Shunga qaramay, jurnalistlar Geytsning tashrifi bilan bog’liq tafsilotlar va hatto tushlik uchun qancha pul to’langanini bilishga ham muvaffaq bo’lgan. Ta’kidlanishicha, Billning yaxtasi Suvaysh kanalidan uzoq bo’lmagan joyda to’xtagan. Shov-shuvlardan qochish maqsadida milliarder do’stlari bilan sohilga kater (maxsus kichik kema) orqali yetib olgan. Qayd qilinishicha, ular 80 ming lira (9300 dollar)ga ovqatlangan.

Avvalroq Bill Geyts bilan ajrashishi haqida ma’lum bo’lgach, uning rafiqasi Melinda 3 mlrd dollarlik aksiyalarga ega bo’lgani haqida xabar berilgandi.