***
Chol kampiriga dedi:
— Kampir, jag’imni uzatib yubor!
— Nima qilasiz?
— Shu paytda seni bir tishlab olgim keldi.
***
— Tushunmadim. Qanday qilib shu keksa odamga turmushga chiqding-a?
— Dugonajon, qo’lingga qaerdandir pul kelib tushsa, qaysi fabrikada ishlab chiqarilgan ekan deb surishtirmaysan-ku!
***
— Hoy, otaxon, yetmishga kirib yigirma yashar qizga uylanishga uyalmadingizmi? Siz uchun juda yosh emasmi bu qiz?
— Shunaqa deng? Mayli, yana bir-ikki yil kutib turaman.
***
85 ga kirgan kampir internet orqali bir qariya bilan tanishib, uchrashuvga bordi va uchrashuvdan juda xafa qaytdi. Qizi undan so’radi:
— Nega xafasiz?
— Uch marta yuziga tarsaki tushirishimga to’g’ri keldi.
— Nima, tegajog’lik qildimi?
— Yo’q, jim qolaverganidan o’lib qoldimi deb o’ylabman.
***
— Yoshingiz oltmishda, otaxon. Ellik yashar ayol o’rniga o’n sakkiz yashar qiz qidirayapsiz. Bu o’z-o’zingizni o’ldirishingiz degani emasmi?
— Sen nimaniyam tushunarding? O’tmas pichoqdan azoblanib o’lgandan, o’tkir pichoq tig’i ostida tez o’lgan ma’qul.
***
Xotin erini urishayapti:
— Yana ichib keldingizmi? Sira tushuna olmayman. Qanday qilib har kuni ichaverish mumkin-a?
— Senga necha marta aytganman? Tushunmagan narsangni mulohaza qilma!..
***
— Dadasi, men do’konga chiqib ketayapman. Sizga mazaliroq biror nima olib kelaymi?
— Albatta. Faqat ehtiyot bo’l. Ko’chalar muzlagan. Tag’in sirpanib ketib sindirib qo’ymagin!
***
Hushyorxonaga qo’ng’iroq qilishdi.
— Sizlarga Eshmatovni olib kelishmadimi?
— Yo’q.
— Xa-xa-xa! Olib kelishmaydiyam! Men bugun uyda o’tirib ichayapman.
***
Erkak bir bidon pivo ko’tarib borardi. Xayolan uyga kelsa, maza qilib pivo ichish haqida o’ylayapti. Shu vaqt kutilmaganda bidon qo’lidan tushib qopqog’i ochilib ketdi-yu, ichidan jin chiqdi. Jin:
— Erkak, men bu bidon ichida ming yildan beri o’tirgandim. Sen meni qutqarib qolding. Tila tilagingni!
— Istaymanki, shu bidondagi pivo hech qachon tugamasin.
— Istaging bajo keltiriladi!..
Shundan beri erkak pivo to’la o’sha bidon qopqog’ini ocha olmay halak emish.
***
Ikki piyonista shimoliy qutbda turishardi. Sovqotganlaridan burnilarigacha oqarib ketgan. Shunda biri ikkinchisiga dedi:
— Eh, hozir… Muzdaygina pivo bo’lsaydi!..
***
Samolyot kabinasiga shirakayf uchuvchi kirib keldi. Qarasa, sherigi ham mast.
— Vey, biz navbati bilan ichishga kelishgandik-ku!..
Jimlik.
— Mayli, manzilga-ku, yetib boramiz. Lekin mashinani uyga kim haydab ketadi-a?
***
O’rta yashar er-xotinlar yonma-yon yotishardi. Xotini negadir erkaklangisi kelib dedi:
— Bir vaqtlar qo’limdan ushlab yurishni yoqtirardingiz…
Er uyqusirab uning qo’lini bir necha soniya ushlab turdi-da, teskari o’girildi.
— Men bilan o’pishishniyam xush ko’rardingiz.
Er sekin yuzidan o’pib o’qyib yana teskari o’girildi.
— Ba’zan tishlab olishniyam yoqtirardingiz.
Er jahl bilan o’rnidan turib ketdi.
— Voy, qayoqqa?
— Yasama tishlarimni olib kelishga!