O‘zgidromet tezkor axborot bilan chiqdi
O‘zgidromet 24-26 fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-25 fevralda 3-8 daraja sovuq, 26 fevralda 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qor) bo‘ladi, 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 25 fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 26 fevralda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 24-25 fevralda 3-8 daraja sovuq, 26 fevralda 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechqurun ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 25 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 26 fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25 fevralda yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanadi, 26 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin . Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 25 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 26 fevralda kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirb, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 26 fevralda 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 25 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 26 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 25-26 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 24-26 fevralda yog‘ingarchilik ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 25 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 26 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 2025 yil fevral oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilgandi.