* * *
Er uyga juda xafa bo’lib qaytdi. Xotini so’radi:
— Sizga nima bo’ldi?
— Hech narsa.
— Yo’q, nimadandir xafasiz. Esingizda bo’lsin, sizning tashvishingiz mening ham tashvishim. Biz, axir, er-xotinmiz!
— Shunaqami?
— Ha, ayting endi! Nima bo’ldi?
— Jazmanimiz homilador bo’lib qoldi.
* * *
Ikki nafar nemis chollari kampirlari bilan birga oltin to’ylarini nishonlashyapti. Mahalliy gazeta muxbiri chollarning biridan so’radi:
— Mana, kampiringiz bilan ellik yil birga yashabsiz. Birgalikdagi hayotingizning eng baxtli yillarini sanab bera olasizmi?
— Albatta. Besh yil ruslarning qo’lida asirlikda yashaganman.
* * *
Uch yigit bahslashishyapti.
— Men Afrikadalik paytimda besh yuz metr uzoqlikdan filni bir o’q bilan ag’darganman.
— E, bu nima bo’pti! Men Shimoliy Muz okeani tomonlarda mana shu qo’llarim bilan oq ayiqni bo’g’ib o’ldirganman.
— Be, menga quloq solinglar!.. O’lik dengiz haqida eshitganmisizlar?
— Ha, nimaydi?
— Biz uni akam bilan birga o’ldirganmiz.
* * *
Boyvachchani yo’l patrul xizmati xodimi to’xtatib dedi:
— Siz mashinani soatiga bir yuz to’qson km tezlikda boshqarib keldingiz. Jarima to’lang!
— Bu nima deganing? Men soatiga atigi 20 km tezlikda keldim. Ko’rmadingmi?
— Balki, butkul to’xtab turdim ham dersiz?
— Ha, deyarli to’xtab turgandim.
— Baribir jarima to’laysiz. Ana, «To’xtash taqiqlanadi» degan belgini ko’rdingizmi?
* * *
Erkak qo’ng’iroq qilayapti:
— Allo, bu xavfsizlik xizmatimi?
— Ha…
— Qo’shnim Boltavoyning tomorqasiga ikkita pulemyot ko’milgan. Ishonmasangiz kelib kovlab ko’rishingiz mumkin.
Go’shakni joyiga qo’ygach, u qo’shnisiga qo’ng’iroq qildi.
— Allo, Boltavoy, Yuz ming so’m berasan! Bugun kechasi sening tomorqangni shaxsan xavfsizlik xizmati xodimlarining o’zi ag’darib beradigan bo’lishdi.
* * *
Maymun sahroda ketyapti. Juda chanqagan. Bir payt palma daraxtini ko’rib qoldi. Shoxlarida kokoslar osilib turibdi. Maymun endi daraxtni silkita boshlagandi, ichki ovoz dedi:
— Maymun, avval o’ylab ko’r!..
Maymun o’ylab ko’rgach, bir tayoq bilan bittagina kokosni urib tushirdi-da, ichidagini ichib chanqog’ini qondirdi.
Oradan sal o’tmay talaba o’sha sahrodan o’tib keta boshladi. Juda chanqagan. Qarasa, palma, ustida kokoslar osilib turibdi. Tezda daraxtni silkita boshlagandi, ichki ovoz dedi:
— Talaba, avval o’ylab ko’r!..
E, nimasini o’ylayman? Silkitish kerak, silkitish!
* * *
Yigit haydovchilikdan imtihon topshiryapti. Inspektor undan so’radi:
— Chorrahadan qaysi transport oldin qo’zg’aladi? Zilmi, mototsiklmi?
— Yo’nalish taksisi.
— Unday transport chorrahada yo’q-ku!
— Hozir keladi.
* * *
— Do’xtir, yordam bering! Xotinim soat ertalabki oltigacha uxlay olmayapti!
— Shuncha vaqt nima qiladi uxlamay?
— Meni kutadi.
* * *
Xasisnikiga o’zidan ham xasisroq qo’shnisi chiqib so’radi:
Ketmoningni bir kunga berib tur, oshna!
Ketmon o’zimga kerak.
Shunaqami?.. Bo’lmasa, qarmog’ingni berib tura qol!
* * *
— Og’ayni, xafa bo’lmagin-u, lekin xotining juda xunuk, ko’rimsiz. Odam qarasa jirkanadi. Nega uni doim o’zing bilan olib yurasan-a?
— Bilasanmi… Uydan chiqib ketayotganimda o’pib qo’yishimni iltimos qilmasligi uchun o’zim bilan birga olib yuraman.