image_2025-02-22_16-43-230 Zilziladan qo‘rqib qolgan turkiyalik erkak 2 yildan beri g‘orda yashayotganini aytdi (foto)1 north_east

Turkiyada bir yil ichida 100 mingdan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

2023 yilda Turkiyaning Hatay viloyatida yuz bergan zilzilada uyi vayron bo‘lgan 55 yoshli Ali Bozo‘g‘lon 2 yildan beri g‘orda yashab kelayotganini aytdi. Bu haqda “Heberler” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ali Bozo‘g‘lon g‘orda yashayotganidan umuman afsuslanmaydi, aksincha, u  hammadan uzoqda o‘zini juda xotirjam his qilayotganini aytgan.

Zilziladan qo‘rqib qolgan turkiyalik erkak 2 yildan beri g‘orda yashayotganini aytdi (foto)2

“Ba’zan ilonlar va sichqonlar g‘orga kirib keladi. Menda ular uchun aytadigan duolar bor. Duo qilsam, ular ketadi. Elektrdan muammo bor. Agar imkoniyatim bo‘lsa, quyosh panelidan foydalanmoqchiman. Undan kir yuvish mashinasi va sovitkichni ishlatish uchun foydalanmoqchiman”, deydi u.

Zilziladan qo‘rqib qolgan turkiyalik erkak 2 yildan beri g‘orda yashayotganini aytdi (foto)3

2 yil avval fevral oyida mamlakatning Qahramonmarash viloyatida sodir bo‘lgan zilziladan minglab binolar vayron bo‘lgan va taxminan 25 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan. “Asr ofati” deb atalgan ushbu zilzila shaharda yashovchi ko‘pchilikning hayotini bir kechada o‘zgartirib yuborgan. Shu jumladan, Defne tumanining Chekmeche mahallasidan bo‘lgan 55 yoshli Ali Bozo‘g‘lon ham zilzilada o‘z uyidan ayrilgan.

Zilziladan qo‘rqib qolgan turkiyalik erkak 2 yildan beri g‘orda yashayotganini aytdi (foto)4

Uch farzandning otasi bo‘lgan Bozo‘g‘lon uyi zilzilada vayron bo‘lganidan keyin og‘ir ruhiy jarayonni boshdan kechirgan. U 2 yil avval Samandag‘ tumanidagi Yaylija mahallasi hududida joylashgan g‘orni topib, yer qimirlashidan qolib ketgan ruhiy qo‘rquvni yengish va odamlardan uzoqda yashash uchun u yerga ko‘chib o‘tgan.

“Mening barcha ehtiyojlarim shu yerda qondiriladi. Odamlarning g‘orda yashashi g‘alati ko‘rinishi mumkin, lekin men bu yerda baxtliman”, deydi u.

Zilziladan qo‘rqib qolgan turkiyalik erkak 2 yildan beri g‘orda yashayotganini aytdi (foto)5

Bozo‘g‘longa Defne tuman ma’muriyati konteyner uy taklif qilgan, ammo u taklifni rad etgan.

“Men bu yerda 2 yildan beri yashayapman va g‘orda xotirjamlikni topdim. Bu g‘or ming yillardan beri mavjud va hech qachon qulamaydi. Mening kunlarim shu yerda juda osuda o‘tadi. Hammadan uzoqdaman. Defne tuman ma’muriyati menga istagan joyimdan konteyner uy berishini aytdi, ammo men g‘orni o‘zim uchun “ma’naviy uy” deb qabul qildim. Kunlarimni idish-tovoq va kiyim yuvish bilan o‘tkazaman. Hamma yerni ozoda saqlayman, ovqat tayyorlayman. G‘orda chiroyli xotiralarim bor. Men hammadan uzoqdaman va tabiat bilan aloqadaman. Ba’zi bilimsiz odamlar g‘orda yashashim haqida salbiy fikrlar bildiradi. Chunki ular men bilan o‘tirib suhbatlashmagan, meni tanishmaydi. Ular har xil fikrlar bildiradi. Olloh ularga aql bersin”, deydi u.

Zilziladan qo‘rqib qolgan turkiyalik erkak 2 yildan beri g‘orda yashayotganini aytdi (foto)6

Aytib o‘tish joizki, nashrda erkakning 3 bolasi va ayoli hozirda qayerda istiqomat qilayotgani haqida ma’lumotlar berilmagan.