Fransiya fuqarosi xatolik tufayli lotereyadan €17 mln yutib oldi.
Fransiya fuqarosi elektron chiptalar o’ynaladigan kunni tanlashda xatoga yo’l qo’yib, lotereyadan 17 million yevro yutib oldi. Fransiya qimor yo’yinlarini tartibga soluvchi Francaise des jeux payshanba kuni e’lon qilgan xabariga ko’ra, bu yanvar oyida sodir bo’lgan, deya xabar beradi TASS agentligi.
Ta’kidlanishicha, onlayn o’ynagan ishtirokchi maqsadli ravishda «13 yanvar kuni o’z omadini sinab ko’rgan, biroq tasodifan sana tanlashda xatoga yo’l qo’ygan va 14 yanvar kunini belgilagan».
Endilikda ismini oshkor qilishni istamagan 40 yoshli fransuz fuqarosi ishini tashlab, biznes boshlash, uy sotib olish va sayohat qilishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, g’olib «supermarketdan go’sht sotib olishni to’xtatib, uni to’g’ridan-to’g’ri qassobdan sotib olishni» rejalashtirmoqda.
2021 yil oktyabr oyida fransuz polineziyasida yashovchi ayol EuroMillions lotereyasida €220 mln yutib olgan edi, bu o’yin tarixidagi eng katta jekpot.