Fedor Yemelyanenko so'nggi bor ringga chiqadi

Fedor Yemelyanenko so’nggi bor ringga chiqadi. 46 yoshli rossiyalik jangchining raqibi amerikalik Rayan Beyder bo’ladi. Jang Bellator 290 turniri doirasida Los-Anjelesda bo’lib o’tadi.

Bu revansh jangidir: Yemelyanenko va Beyder 2019 yilning yanvarida o’zaro jang qilishgan, o’shanda amerikalik birinchi daqiqada nokaut bilan g’alaba qozongan.

Emelyanenko faoliyatida 40 ta g’alaba va 6 ta mag’lubiyat qayd etgan. 39 yoshli Beyder hisobida 30 ta g’alaba va 7 ta mag’lubiyat bor.