Ijtimoiy tarmoqning yangi egasi Ilon Maskning kompaniya boshqaruvidagi betartib yondashuvi tufayli dunyoning aksariyat yirik brendlari Twitter’dagi reklamalarini to’xtatib qo’ydi. Bu haqda Zamon.uz “Financial Times” nashriga tayanib yozmoqda.
100 ta eng yaxshi reklama beruvchilardan 50 tasi Mask ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin xarajatlarni to’xtatib qo’ygan yoki to’xtatish niyatini bildirgan.
Qayd etilishicha, kompaniyalar “Kontentni nazorat qilishda Maskning tanlab yondashuvi” va reklama bo’limidagi xodimlarni ishdan bo’shatish qaroridan shikoyat qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko’ra,Twitter’dagi ommaviy ishdan bo’shatishlardan so’ng agentliklar Mask kompaniyasi bilan aloqada bo’lmagan. Boshqalar esa reklama tizimlari yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilishgan.
Sanoat insayderlarining xabar qilishicha, Mask ba’zi brend rahbarlariga qo’ng’iroq qilishga uringan. Natijada boshqalar Mask bilan munosabatlarini yomonlashtirmaslik uchun xarajatlarini minimal darajaga qisqartirishga qaror qilishgan.