Krishtianu Ronaldu Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etayotganlar orasida jamoasi bo’lmagan yagona futbolchi hisoblanadi.
37 yoshli hujumchida bir necha variantlar bor, albatta. Arab klublari uning boyligini sezilarli darajada ko’paytirib berishga tayyor. Takliflar orasida bittasi Ronalduga umuman yoqmagani aniq. Balki portugaliyalik yulduz uni o’ziga haqoratdek qabul qilgandir.
Ma’lumotlarga qaraganda, Angliya chempionatining 14-ligasida o’ynayotgan “AFC Kryu” jamoasi portugaliyalik yulduzni o’z safiga qo’shib olmoqchi va futbolchiga rasmiy taklif yuborishga ham ulgurdi.
Bu jamoa o’z byudjetidan kelib chiqib, Krishtianu Ronalduga har hafta 35 (o’ttiz besh) funtdan to’lashga tayyor.
“AFC Kryu” Ronalduni o’zining eng katta maosh oladigan o’yinchisiga aylantirish maqsadida unga har mavsum uchun 1480 funt miqdorida pul taklif qilmoqda.