AQSh koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan tarqalgan deb hisoblaydi

AQSh Federal Qidiruv Byurosi koronavirusni Xitoyning Uxan shahrida joylashgan laboratoriyadan sizib chiqqan deb hisoblaydi. Bu haqda byuro direktori Kristofer Rey aytib o’tdi deb xabar bermoqda Zamon.uz.

Uning fikricha, pandemiyaning kelib chiqishi Uxandagi potensial laboratoriya hodisasi bilan bog’liq.

“Xitoy AQSh hukumati va uning yaqin xorijiy hamkorlari amalga oshirayotgan ishlarga to’sqinlik qilish va chalkashtirish uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Va bu hamma uchun achinarli”, — deya qo’shimcha qilgan Kristofer Rey.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bunga izoh berib, Pekinni obro’sizlantirish va virusning kelib chiqishini siyosiylashtirishni to’xtatishga chaqirgan.