«PSJ» Hakimiyning atrofidagi shov-shuvli voqeaga munosabat bildirdi

«PSJ» matbuot xizmati jamoaning marokashlik himoyachisi Ashraf Hakimiy atrofida yuzaga kelgan shov-shuvli vaziyatga munosabat bildirdi. Futbolchi jinsiy zo’ravonlikda ayblangan.

«PSJ» ayblovlarni tan olmaydigan Ashrafni qattiq qo’llab-quvvatlaydi. Biz adolatga ishonamiz. «PSJ» – maydondan tashqarida ham hurmat tarafdori bo’lgan klub», – deyiladi parijliklarning rasmiy bayonotida.

Bir necha kun oldin bir qiz politsiyaga murojaat qildi va futbolchini jinsiy zo’ravonlikda aybladi. Huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini boshlagan.

Himoyachi joriy mavsum Liga 1da 21 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.