1. Germaniyadagi ko’chalarda bemalol oq paypoqlarda sayr qilishingiz mumkin. Sizning paypoqlaringiz qorayib ham ketmaydi, negaki u yerda asfaltlar sovun bilan yuviladi.
2. Yer yuzida rekord darajada ko’p yog’gan yomg’ir Gavayi orollarida uchragan va naqd 247 kun to’xtamasdan davom etgan.
3. Italiyalik Devid ismli kishi Coca-Coladan qolgan idishlarni yig’ishni 5 yoshlik vaqtidan boshlagan. U 87 ta mamlakatga tegishli bo’lgan 10 558 ta g’aroyib bankachalarni yiqqani uchun 2013 yilda Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.
4. Oklaxoma shahri yaqinida yuz bergan tornadoda shamolning tezligi soatiga 480 kilometrga yetgan.
5. Dunyoda 854 mln atrofida o’qishni bilmaydigan katta yoshdagi odamlar mavjud.
6. Kokos yong’og’i boshga tushishi oqibatida har yili dunyoda 150 kishi halok bo’ladi.
7. Mafusail qarag’ayi sayyoramizdagi eng keksa tirik organizm hisoblanadi. Ushbu qarag’ay 4849 yoshda. U eramizdan avvalgi 2832 yilda yerga qadalgan urug’dan o’sib chiqqan.
8. Agar har kuni Nyu-Yorkda har xil restoranlarga borilsa, ularning hammasiga borish uchun 50 yildan oshiq vaqt ketadi.
9. Yer aholisi yiliga 580 mln litr sut ichadi (kuniga 1,5 mln litr). Shuncha hajmdagi sutni to’plash uchun har kuni 105 mingdan ortiqroq sigirni sog’ish kerak bo’ladi.
10. AQSh da askarlar urushga qaraganda ko’proq mashqlarda o’zini otib o’ldiradi. 2012 yil 6500dan ziyod askar o’zini o’ldirgan.