«Usmoniylar imperiyasi tarixi» turkumidan: «SULAYMONNING BARChADA NAFRAT UYG'OTUVChI SIRI»

 

Tarixdan ma’lum, usmoniy turklar imperiyasi davrida sulton Sulaymon juda ko’p savob ishlarni amalga oshirgan. Haqiqiy adolatni tiklay olgan. Xalq foydasiga xizmat qiluvchi qonunlarni joriy etgan. Zolimlarni shafqatsizlarcha jazolagan. Qashshoqlarning, yetim-esirlarning boshini silagan. Ammo keksaygan paytida aql-hushini yo’qota borgan. Ko’plab nomaqbul amallarga qo’l urgan. Bilib-bilmay, nomaqbul gaplarni gapirishdan tiyila olmagan. O’g’li Selimning piyonistaligi sabab bo’lib poytaxtda ichkilik va chekimlik sotishni taqiqlashni buyurgan. Ammo bu narsalar «Muhtasham yuz yil» teleserialida shunday ko’rsatilgan. Tomoshabinlarga shunday yetkazilgan. Tarixda esa sulton Sulaymon umrining so’nggi daqiqasiga qadar aql-hushini, sergaklikni, adolatni yo’qotmagan. Faqat bir amali hali-hali tarixsevarlarning g’ashiga tegadi. Xo’sh, qaysi amali tufayli Sulaymondan hafsalamiz qoldi?

Esingizda bo’lsa, sulton Sulaymon Mohidavrondan tug’ilgan to’ng’ich o’g’li shahzoda Mustafoni qatl etishga farmon bergan. Sulton uni xoinlikda, qo’zg’olonchilarga yetakchilik qilganlikda, taxtga ko’z olaytirganlikda ayblagan. Garchi uzoq vaqt bu xayolni faqat miyasidagina saqlab kelgan bo’lsa-da, kunlarning birida baribir qatl etish amaliga qo’l urdi. Biroq qatldan keyin oradan ko’p o’tmay, bu ishda rafiqasi Xurram sultonni ayblay boshlagan. Saroy ayyonlari, tanigan-bilganlar qarshisida bolasining qotili degan nomga ega bo’lishdan, yuzlariga shu tamg’a abadul-abad qadalishidan, qolaversa, otasi sulton Selimning xatosini baribir takrorlab qo’yganidan qo’rqib ketgan sulton ochiqchasiga Xurram sultonni aybladi. Hatto, ko’p marotaba Xurram sultonga «Bu qatlda sening qo’ling bor, to’g’rimi?», degan savolni yog’dirishdan-da tiyila olmagan.

Na iloj? Xom sut emgan bandamiz-da!

Astag’firillo!!!

Olimjon HAYIT tayyorladi