ANAKONDA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Anakondaning urg’ochisi erkagidan bir yarim baravar uzunroq bo’ladi.

2. Yoshi ulug’ anakondaning uzunligi 5 metrgacha yetadi. Ammo 6 metrdan oshmaydi.

3. Anakonda ilonlar asosan Janubiy Amerika tropik o’rmonlarida istiqomat qiladi.

4. Ular tutqunlikda uzoq yashay olishmaydi. Nari borsa 5-6 yil umr ko’rishi mumkin. Erkinlikda esa 30 yilgacha umr ko’radi.

5. Anakonda asosiy umrini suvda o’tkazadi. Quruqlikka faqat ov qilish zarurati tug’ilgandagina chiqadi.

6. Anakonda vazni 100 kilo atrofida, yoshi 40-50 atrofidagi odamni bir urinishda yutib yuborish quvvatiga ega.

7. Boshqa ilonlardan farqli o’laroq, anakonda po’st tashlash mavsumida po’stini quruqlikka emas, suv ostiga tashlaydi.

8. Bu ilon turi asosan yolg’iz yashaydi. Faqat aprel-may oyida — nikoh mavsumidagina guruh-guruh bo’lib yashaydi.

9. Kattakon anakondaning sof vazni 100 kilogrammgacha yetadi.

10. Anakonda hech qachon odamga hujum qilmaydi. Faqat undan keladigan xavfni sezsa, himoya maqsadlarida tashlanishi mumkin.

11. Anakonda kam ovga chiqadi. Agar yirik o’ljani yutsa, 2-4 hafta davomida qimirlamay yotgan holda uni hazm qiladi.

12. Oshqozonida kislota miqdori ko’pligi sababli u o’ljasini suyaklari bilan birga hazm qiladi.

13. Qorni ochsa-yu, yemish topa olmasa, anakonda o’z bolalarini yeb bitiradi.

14. Boshqa ilonlar kabi anakonda ham tuxum qo’yadi. Ammo tashqariga emas, tuxumdoniga. Tashqariga dunyoga kelgan bolalari chiqib keladi. Odatda urg’ochisi 30-40 taga yaqin bolani dunyoga keltiradi. Biroq ularning aksariyati go’dakligidayoq o’lib ketadi.

15. Anakondaning homiladorlik davri 7 oy davom etadi. Shu davr oralig’ida homilador anakonda sezilarli darajada vazn tashlaydi, deyarli ovqat yemaydi.

16. Bu qadar katta hajmga egaligiga qaramay, anakondaning o’zi ham yirik timsohlar, yaguarlarning o’ljasiga aylanib turadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi