Ikki nasroniy — Devid va Maykl sahroda adashib qolishibdi. Ochlik va tashnalikdan o’lay deganda birdan uzoqda masjid ko’rinibdi.
— Devid: «Maykl, kel o’zimizni musulmonga solamiz, shunda ular bizga taom va ichimlik berishadi, aks holda, ochlik va tashnalikdan halok bo’lamiz. Mening ismim Ahmad bo’ladi. Sen-chi, kim bo’lasan?» debdi.
— Maykl, «Men rostini aytib qo’ya qolaman» deb javob qilibdi.
Masjidga yetib borishgach, imom ularni iliq kutib oldi va ismlarini so’radi.
— Devid: «Mening ismim Ahmad».
— Maykl: «Meniki Maykl».
—Imom yordamchilariga: «Iltimos, Mayklga taom va suv keltiring», dedi va Devidga o’girilib: «Birodar Ahmad, Ramazon muborak!» degan ekan.
Malik
Izohlarni ko`rish