Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda Sultonboyevlar oilasida 4 nafar egizak o’g’il farzand tug’ilganligi haqidagi xabarni e’tiboringizga havola etgan edik.
Aslida esa, suratdagi chaqaloqlar AQShning Arizona shtatidagi Avliyo Jozef shifoxonasida tug’ilgan ekan. Chaqaloqlarning ismi Luciana, Octavio, Valeria va Emilio (Lova).
Buning isbotini esa quyidagi surat orqali ko’rishingiz mumkin.
1 oycha oldin Farg’onada 4 nafar chaqaloq dunyoga kelgan, ammo yashamagan edi. Fikrimizcha, shu xabar ijtimoiy tarmoqlarda chalkashib, Andijonlikka «aylanib» ketgan.
Izohlarni ko`rish