Qirol bo’lish uchun oqsuyaklar naslidan bo’lish kerak, degan fikr o’tmishda qoldi. Mana masalan, 46 yoshli Stiv Ojye o’z xonadonini mustaqil qirollik deb e’lon qildi va unga Everlend deb nom qo’ydi.
2011 yilda 46 yoshli Stiv Ojye 46 ga 15 metrli yer uchastkasi sotib olgandi. U bir necha yil davomida u yerda o’z asbob-uskunalarini saqladi, 2017 yilda esa xuddi shu joyda bir qavatli uy qurish harakatiga tushdi. Gernsi oroli hokimiyati uning bu qaroriga qarshi chiqib, mazkur maydon insonlar istiqomat qilishlariga mo’ljallanmaganini ta’kidladi. Javob tariqasida Ojye o’z uchastkasini Everlend nomli mustaqil qirollik deb e’lon qildi va uning qiroliga aylandi. Shunday so’ng janobi monarx mahalliy hokimiyat vakillarini suveren qirollik ishlariga aralashayotganliklari uchun sudga berdi.
U bu qaroriga asos qilib 1933 yilgi Montevideo konvensiyasini keldirdi. Mazkur xalqaro hujjatga ko’ra, davlat o’z maydoni, doimiy aholisiga ega bo’lishi, qo’shni davlatlar bilan aloqaga kirisha olishi kerak. Ojyening so’zlariga ko’ra, Everlend ushbu talablarning barchasiga mos keladi.
«Sudya menga siz o’zingizni o’zingiz boshqara olmaysiz-ku, deb aytdi, — deya izoh bildiradi o’zboshimcha qirol. — Biroq mening qizim ham shu davlat fuqarosi — malika Evelin Ojye, uning yoshi sakkizda. Bundan tashqari, yana besh nafar doimiy fuqarom ham bor. Ularning hammasi ovoz berish huquqiga ega. To’g’ri, hozir ular boshqa joyda yashashyapti. Chunki mamlakatimda hozircha uylar yo’q. Biroq yovvoyi hayvonlar, jumladan qo’ng’iz hamda chuvalchanglar bor».
Sud hozircha Everlendni mamlakat sifatida tan olmadi, biroq Ojye kurashni davom ettirmoqchi. «Men BMTga elektron xat bilan murojaat qildim, hozir javobini kutyapman, — deydi u.
Ha, hozirgi kunda amalga oshmaydigan orzuning o’zi yo’q, nima dedingiz!?
Ozoda HALIMOVA