80 ming dollarlik qo'g'irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg'alar bilan taltaytiradigan mashhurlarNEWS EDITORIAL USE ONLY. NO COMMERCIAL USE (including any use in merchandising, advertising or any other non-editorial use including, for example, calendars, books and supplements). This photograph is provided to you strictly on condition that you will make no charge for the supply, release or publication of it and that these conditions and restrictions will apply (and that you will pass these on) to any organisation to whom you supply it. All other requests for use should be directed to the Press Office at Kensington Palace in writing. This undated photo has been released by the Duke and Duchess of Cambridge of Prince George, who celebrates his fourth birthday on Saturday. The picture was taken at Kensington Palace in London at the end of June by Chris Jackson, Getty Images Royal Photographer. (Photo by Chris Jackson/Getty Images)

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan farzandidan hech narsani ayamaydigan, ba’zan ularni haddan ziyod erkalatib yuboradigan mashhurlar haqida «daryo.uz» ma’lumot berdi.

Shahzoda Jorj

 

80 ming dollarlik qo'g'irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg'alar bilan taltaytiradigan mashhurlarBritaniya qirolligining faxri, yoqimtoy shahzoda Jorj, yuzidan tabassum arimasligi va hamisha a’lo kayfiyatda bo’lishi bilan kattayu kichikning mehrini qozongan. Oila a’zolarini-ku aytmasa ham bo’laveradi. Jorjning buvisi Kerol Middlton bayramlardan birida nabirasiga dunyodagi eng qimmatbaho o’yinchoqlardan birini: tebranadigan zebra sovg’a qilgan. «Stevenson Brothers» firmasiga qarashli mazkur o’yinchoq uchun 5742 dollar sarflangan. Bu summa shahzoda Charlz tomonidan taqdim qilingan 22 ming dollar furgonli uycha oldida hech narsa emas.

Blyu Ayvi Karter

80 ming dollarlik qo'g'irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg'alar bilan taltaytiradigan mashhurlarBlyuning ota-onasi xonanda Jey-Zi va Beyonse qizining og’zidan chiqqanini muhayyo qiladi. Qizaloq bir yoshga to’lishi munosabati bilan o’tkazilgan tantana uchun yulduzli juftlik 200 ming dollar to’lagan. Blyuning o’yinchoq va buyumlari nafaqat o’ziga xosligi, balki narxi​ bilan ham kishini lol qoldiradi. «Swarowski» toshlari bilan yasatilgan vanna, narxi 80 ming dollar bo’lgan brilliant «Barbie» bunga yaqqol misol.

Harper Seven Bekhem

80 ming dollarlik qo'g'irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg'alar bilan taltaytiradigan mashhurlarFutbolchi Devid Bekhem va uning turmush o’rtog’i Viktoriya qizalog’i Harperni keragidan ortiq taltaytiradi. U bolaligidan moda namoyishlarida ishtirok etishi yetmagandek, tug’ilgan kunini qirollik saroyida nishonlashga ham ulgurgan. Bekhemning o’g’illaridan ham ko’ra qiziga bo’lgan mehri bo’lakcha. U qizi uchun taniqli rassom Demien Herst tomonidan chizilgan, narxi 600 ming dollarlik yurak suratini sovg’a qilgan. «Otasining qizi​» deb nomlangan surat Harner xonasining devorini bezab turadi.

loading…