BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Juhud ayol dugonasinikiga kelsa, u devordagi gulqog’ozlarni ehtiyotkorlik bilan ko’chirib olyapti.

— Ha, dugonajon, uyingni ta’mirlatmoqchimisan?

— Yo’q, ko’chib ketyapman.

 

* * *

 

Ota-ona o’g’ilchasini mikroblardan qattiq turib himoya qilishardi. Idishlarini parlashardi, unga faqat qaynagan suv berishardi.

— Dada, — dedi bolakay bir kuni. — Bilasizmi, katta bo’lsam nima qilaman?

— Nima qilasan?

— To’yib mikrob yeyman.

 

* * *

 

— Nevaraginam, juda yupqa shim kiyibsan. Tizzalaring sovuq yemayaptimi?

— Yo’q, ichimda ichki kiyim ham bor-ku!

 

* * *

 

Bola divanda o’tirar, yonida yotgan ota xurrak otardi. Birdan u narigi yonboshiga yonboshladi-yu, xurrak otmay qo’ydi. Shunda bola o’tirgan yerida qichqirdi:

— Oyi, dadamning motorida benzini tugab qoldi!

 

* * *

 

Qishloqqa talaba-veterinar amaliyot o’tashga keldi. Uni uchastka vrachi kutib olib so’radi:

— Siz hayvonlar do’xtirimisiz?

— Ha. O’zingizni yomon his qilyapsizmi?

 

* * *

 

Gruzin telefonda do’stidan so’radi:

— Givi, nima qilyapsan?

— Ovqat yeyapman.

— Nima yeyapsan?

— Buni telefon orqali aytib bo’lmaydi.

 

* * *

 

Gruzin kelib qarasa, do’sti beliga arqon boylab turibdi.

— Nima qilyapsan? — so’radi u.

— O’zimni osmoqchiman.

— O’zingni ossang, arqonni bo’yningga boylamadingmi?

— Harakat qilib ko’rdim, bo’g’ilib qolyapman.

 

* * *

 

Yangi boyning xotini eriga dedi:

— Agar xizmatkor ayolga yana tegajog’lik qiladigan bo’lsangiz, siz bilan ajrashaman!

— Shu… Bo’lmagan narsa uchun-a?

— Esingizda bo’lsin, sizga o’xshagan erni har doim ham topaman. Ammo unaqa xizmatkorni hech qachon topib bo’lmaydi.

 

* * *

 

A punktdan B punktga qarab poezd yo’lga chiqdi. Qarama qarshi tomondan boshqa poezd kelardi. Yo’l bitta. Lekin ular to’qnashib ketishmadi.

Savol:

— Nima uchun?

Javob:

— Taqdirda yo’q ekan.

 

* * *

 

Qorong’ilikda bir yigitni orqadan bezori kelb to’xtatdi.

— Puldan chiqar!

— Pulim yo’q.

— Soatni yech!

— Soatim ham yo’q.

— Unda bo’yningga mindirib narigi muyulishgacha olib borib qo’y!

 

loading…